Moskvada Vnukovo posyolkasi hududidagi Borovskiy shossesida o‘ndan ortiq avtomobil to‘qnashdi, jabrlanganlar bor. Bu haqda poytaxt huquqni muhofaza qilish organlari ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
“Vnukovo posyolkasi hududidagi Borovskiy shossesida o‘ntadan 15 tagacha avtomobil to‘qnashib ketdi. Davlat avtomobil nazorati xodimlari hodisa joyida ishlamoqda, to‘rt kishining jabrlanganligi haqida ma’lumot bor”, — deyiladi xabarda.
Shuningdek, Moskva viloyatidagi Nosovixinskiy shossesida 15 ta avtomobil ishtirokidagi yettita yo‘l-transport hodisasi yuz berganligi ma’lum qilinmoqda.
Avariyalar oqibatida jabrlangan ikki kishi shifoxonaga murojaat qilgan. Yo‘l-transport hodisalari sabablari aniqlanmoqda.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)