Buyuk Britaniya Adliya vazirligi jinoyatchilar tomonidan uchuvchisiz uchar qurilmalar yordamida taqiqlangan buyumlarni qamoqxonalarga yetkazishning oldini olish uchun maxsus bo‘linma tashkil etdi. Bu haqda mamlakat hukumat saytida chop etilgan press-relizda ma’lum qilindi, deb yozadi “TASS”.
Otryad politsiyachilar, shuningdek, jazoni o‘tash muassasalarida xizmat qiluvchilar tomonidan shakllantiriladi. Ular kontrabandachilar shaxsini aniqlash uchun ozodlikdan mahrum etish muassasalari hududlarida aniqlangan dronlarni tadqiq etishi taxmin qilinmoqda.
“Biz qamoqxonalarimizga yetkazilayotgan narkotiklar va mobil telefonlar noqonuniy oqimiga qarshi kurashishga tayyormiz”, — deydi Adliya vaziri o‘rinbosari Sem Jiimi.
Buyuk Britaniyada uchuvchisiz uchar qurilmalar yordamida axloq tuzatish muassasalariga kontrabanda yetkazish holatlari ko‘payganligi tufayli maxsus bo‘linmalarni yaratish haqida qaror qabul qilindi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)