Boyqo‘ng‘ir kosmodromidagi “Gagarin starti”da “Soyuz-FG” tashuvchi raketasi va “Soyuz MS-04” kosmik kemasi o‘rnatildi. Bu haqda 17-aprel, dushanba kuni “Roskosmos” davlat korporatsiyasi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
“ ‘Soyuz MS-04’ boshqariluvchi transport kemasini uchirish 20-aprel kuni 10:13 ga rejalashtirilgan”, — deyiladi korporatsiya matbuot xizmati xabarida.
Bitta ekipaj tarkibi odatdagidek uch kishi emas, ikki kishi: rossiyalik kosmonavt Fyodor Yurchixin va amerikalik astronavt Jek Fisherdan iborat. Uchinchi bo‘sh o‘ringa 60 kilogrammlik yuk konteyneri o‘rnatiladi.
Xalqaro kosmik stansiyaga parvoz qisqartirilgan olti soatlik sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)