Toshkentning “Bunyodkor” klubi rahbariyatida o‘zgarishlar bo‘lishi aytilgandi. “Championat.asia” nashrining ma’lum qilishicha, klub bosh direktori Baxtiyor Boboyevning faoliyati to‘xtagan.
Bu haqda “Bunyodkor” matbuot xizmati rasman ma’lum qilganicha yo‘q. Xabarda Boboyevning “qaldirg‘ochlar” safida 10 yil ishlagani ko‘rsatilgan.
Ma’lumot uchun, “Bunyodkor” 2017-yilgi mavsumni g‘alaba bilan boshlab, keyingi to‘rt o‘yinda ochko yo‘qotgandi. Shuningdek, Osiyo Chempionlar ligasining guruh bosqichida ketma-ket to‘rt o‘yin boy berildi. Mazkur musobaqada “qaldirg‘ochlar” uch yildan buyon guruh bosqichidan o‘ta olmaydi.
Izoh (0)