Artel – eng yirik milliy maishiy texnika ishlab chiqaruvchisi bo‘lib, Xitoyning Guanchjou shahridagi Canton Fair 2017 121-xalqaro ko‘rgazmasida o‘z ekspozitsiyasini muvaffaqiyatli ravishda namoyish etdi.
Canton Fair dunyodagi eng yirik import-eksport mahsulotlari ko‘rgazmasi o‘z eshiklarini 15-aprel kuni 24 mingdan ortiq xorijiy va milliy korxonalarga ochdi. Artel o‘z texnikasini Germaniya, Yaponiya, Koreya, Rossiya, Polsha, Buyuk Britaniya, Fransiya va Italiya kabi davlatlarning yetakchi kompaniyalari bilan birgalikda namoyish etmoqda.
Kompaniya joriy yilda ko‘rgazmada barcha turdagi maishiy texnikani muvaffaqiyatli ravishda namoyish etdi. Gaz plitalari, muzlatgichlar, konditsionerlar, televizorlar, mini-pechlar, changyutkichlar, mikroto‘lqinli pechlar, kir yuvish mashinalari, mobil telefonlar va boshqa texnikalar shular jumlasidandir.
Bugungi kunda Canton Fair – keng ko‘lamli xalqaro savdo yarmarkasi bo‘lib, u ishchi aloqalarni kengaytirish va mustahkamlash uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Yarmarka bir yilda ikki marta o‘tkazilib, 1 million kvadrat metr bo‘lgan ko‘rgazma majmuasida 210 davlatdan ortiq, taxminan, 200 ming xorijiy mijozlarni jamlaydi. Artel uchun bunday ko‘lamdagi ko‘rgazmada ishtirok etish – yaxshi imkoniyat bo‘lib, bu nafaqat o‘zi haqida butun dunyoga ma’lumot berish, balki yangi hamkorlarni topish va uzoq muddatli hamkorlik kelishuvlarini yo‘lga qo‘yishga ham imkon beradi.
Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, bu Artel kompaniyasining Canton Fair xalqaro ko‘rgazmasidagi birinchi ishtiroki emas. Kompaniya avvalgi ishtirok yakunlari bo‘yicha hamkorlik haqida ko‘plab takliflarni olmoqda. Artel savdo belgisiga ortib borayotgan bunday qiziqish ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifati o‘sib borayotgani va tobora jahon standartlari normalariga mos kelayotganini tasdiqlaydi.
Reklama huquqi asosida
Izoh (0)