Professional boksning yarim o‘rta vazn toifasida 9 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida raqiblarini mag‘lub etgan Shohjahon Ergashev 30-aprel kuni o‘ninchi jangida ringga ko‘tariladi. Bu haqda “Olamsport” nashri xabar berdi.
O‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi ayni vaqtda Toshkent viloyatining Yangiobod o‘quv-mashg‘ulot bazasida bo‘lajak jangga tayyorgarlik ko‘rmoqda. 30-aprel kungi jang Rossiyaning Sochi shahrida bo‘lib o‘tadi va u boks kechasining shu kungi asosiy jangi maqomida bo‘ladi.
Shohjahon Ergashev bu safar amerikalik sportchiga qarshi ringga ko‘tariladi. Bu borada raqib nomiga oydinlik kiritilmagan.
Izoh (0)