Janubiy Koreya Markaziy saylov komissiyasi 15-aprel, shanba kunidan boshlab joriy yilning 9-mayiga mo‘ljallangan muddatdan avvalgi mamlakat prezidentligi saylovi uchun nomzodlarni rasman ro‘yxatga ola boshladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
17-aprel kuni saylovlarni o‘tkazish uchun saylovoldi kampaniyasi boshlanadi.
Qayd etilishicha, hozirgacha Markaziy saylov komissiyasi ikki asosiy nomzod “Toburo” demokratik partiyasidan Mun Chje In va markazchi “Xalq partiyasi”dan An Chxol Suni hamda yana 10 kishini ro‘yxatga oldi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 10-mart kuni dastlabki ro‘yxatga olish jarayonida 26 kishining nomi qayd etilgan edi. Ulardan besh nafari o‘z nomzodini qaytarib oldi. Keyinchalik rasmiy ro‘yxatga olish jarayoni 260 ming dollar pul to‘lashni talab qilgani bois nomzodlar soni yanada kamayishi mumkin. Agar nomzodlar 15 foiz ovoz to‘plasa, mazkur mablag‘ nomzodga qaytariladi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)