Amerikacha futbol yulduzi, Milliy futbol ligasi (NFL) klublari sobiq a’zosi Todd Xip ehtiyotsizlik tufayli 3 yoshli qizini mashinada urib yubordi. Bu haqda Fox News’ga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Politsiyaning ma’lum qilishicha, hodisa Finiks yaqinidagi shaharchada, sportchining uyi oldida sodir bo‘ldi. Xip yuk mashinasini boshqarayotgan vaqtda yo‘lga chiqib ketgan qizini urib yuborgan. Qizcha shifoxonaga yetkazildi va o‘sha yerda jon berdi.
Politsiya hodisa sabablarini o‘rganyapti. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, voqea baxtsiz tasodif, deya baholanmoqda.
Sporting News ma’lumotiga ko‘ra, halok bo‘lgan qizcha 37 yoshli sportchining kenja farzandi edi. Todd Xip oilasida yana 4 farzand bor.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)