Futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining 6-tur bellashuvlari 14-aprel kuni start oldi va 15-aprel kungi o‘yinlar bilan o‘z yakuniga yetadi.
Juma oqshomida 2 ta uchrashuv o‘tkazildi. Turnir jadvalining yuqori qismidan joy olgan “Mash’al” va “Qo‘qon—1912” klublari Muborakda to‘qnash keldi. O‘yin asosiy vaqti yakuniga 1 daqiqa qolganida mezbonlar mag‘lubiyatdan qutulib qoldi — 1:1.
Qo‘lga kiritilgan 1 ochko qo‘qonliklarni turnir jadvali peshqadamiga aylantirdi. “Mash’al” esa undan keyin ikkinchi bo‘lib oldi.
Toshkentda esa “Obod” “Olmaliq” klubiga imkoniyatni boy berdi — 0:1. Shu tariqa Viktor Kumikov jamoasi ketma-ket ikki turda zafar quchishning uddasidan chiqa oldi.
O‘zbekiston Oliy ligasi 6-tur o‘yinlari 14-aprel, juma
“Mash’al” — “Qo‘qon—1912” 1:1
Gollar: Akmal Xolmurodov, 75 (0:1). Humoyun Murtazoyev, 89 (1:1).“Obod” — “Olmaliq” 0:1
Gol: Vladislav Kasminin 70, (0:1).15-aprel, shanba“Lokomotiv” — “Nasaf”“Qizilqum” — “So‘g‘diyona”“Sho‘rtan” — “Paxtakor”“Dinamo” — “Buxoro”“Metallurg” — “Navbahor”
16-aprel, yakshanba“Neftchi” — “Bunyodkor”
Izoh (0)