Afg‘oniston hukumati AQSh harbiy xizmatchilari tomonidan o‘zining eng qudratli aviabombasi — GBU-43/B Massive Ordnance Air Blast’ni qo‘llash natijasida IShID terrorchilik guruhining 36 nafar jangarisini yo‘q qildi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Kuni kecha, 13-aprel kuni CNN telekanali AQSh Afg‘onistonga MS-130 samolyotidan “barcha bombalarning onasi” tashlanganligini ma’lum qilgan edi. Bunda IShID jangarilarining tunneli nishonga olingan.
O‘z navbatida, Amerika maxsus xizmati sobiq xodimi Edvard Snouden bomba tashlangan tunnelni qurishni AQSh moliyalashtirganligini ma’lum qilgan edi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)