O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 20—21-yanvar kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi davomida, jumladan, Shumanay tumanidagi bolalar va san’at musiqa maktabini musiqa asboblari hamda darsliklar bilan ta’minlash choralarini ko‘rish yuzasidan topshiriq berilgandi. Bu haqda “KRuz.uz” ma’lum qilmoqda.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining tegishli farmoyishi bilan maktab yetishmaydigan musiqa asboblari hamda darsliklar bilan ta’minlandi.
Xususan, aniqlangan extiyoj asosida 24 nomdagi 107 dona mahalliy va jahon bastakorlari asarlari asosida tayyorlangan notalar to‘plami hamda o‘quv-uslubiy adabiyotlar to‘liq taqdim etildi.
8 nomdagi jami 17 ta jihoz, jumladan, orkestr uchun damli cholg‘u asboblari, konsert zali uchun royal, rubob prima, 2 donadan Qashqar rubob, g‘ijjak-alt va akkordeon, 7 ta kompyuter yetkazib berildi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)