Sankt-Peterburgda rassom Maryana Shumkova tomonidan tish og‘rig‘iga atab yasalgan haykali “Klinika dobrogo stomatologa” (“Mehribon stomatolog shifoxonasi”)ga o‘rnatildi, deb xabar bermoqda TJournal.
Xabarda qayd etilishicha, haykalda “Sog‘liq uchun tishlar” aksiyasi doirasida olib tashlangan 403 ta odam tishidan foydalanilgan.
Muallifning so‘zlariga ko‘ra, haykal atayin “odam yuzining deformatsiyasi shakli”da qo‘rqinchli va realistik uslubda yasalgan.
Faqatgina kuchli emotsional ta’sir odamga gigiyena kabi oddiy narsa haqida o‘ylab ko‘rishga majbur qiladi.Ta’kidlanishicha, haykalni turli ko‘rgazmalarga o‘rnatish haqida o‘ylab ko‘rilmoqda.Maryana Shumkova, rassom
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)