Bugun, 12-aprel kuni O‘zbekiston xalq artist Sherali Jo‘rayev o‘zining 70 yillik yubileyini nishonlamoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda Sherali Jo‘rayevga tilaklar yog‘ilmoqda. Original tabrik jurnalist Jasur Hamroyev tomonidan yozib qoldirildi, deb yozadi “Darakchi.uz”.
Fazo – cheksizlik. Yulduzlar makoni. Shu makonda yerlik bir yulduzning kuyi jarang sochishini endi bir tasavvur eting! Endi bir real voqeani eslatsak. Markaziy Osiyodan fazoga uchgan ilk fazogir Solijon Sharipov koinotda kechajak 6 oylik safaridan oldin o‘zi sevgan qo‘shiqlarni ham olib ketishni ma’qul topdi. Bu qo‘shiqlar esa faqat bir hofizga tegishli! “Okean orti”dagi NASA markazi bu to‘plamni olib ketishga ruxsat berdi.Jurnalistning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, Sherali Jo‘rayev ilk qo‘shig‘ini ijro etganida 19 yoshda edi, 1966-yil. Uning bugunga qadar 600 ga yaqin qo‘shiqlar yaratishga muvaffaq bo‘lgan.Solijon fazoda ilk telefon qo‘ng‘irog‘ini amalga oshirdi. O‘zbekistonlik do‘stiga qo‘ng‘iroq qilib, iftixor ila sevimli bir qo‘shig‘ini tinglayotganini aytdi. Koinotda fazo kemasining ichida yangrayotgan o‘zbek tilidagi bu qo‘shiq Yer sayyorasidagi insonning qalbini to‘lqinlantirdi. Fazoga hofizning taronalari yozilgan to‘plam olib chiqilganini o‘zi ham bir tarixiy voqea shunday emasmi!?
Jasur Hamroyev, jurnalist
Xabarda ta’kidlanishicha, ertaga, 13-aprel kuni Toshkentdagi muhtasham restoranlaridan birida Sherali Jo‘rayevning tavallud ayyomi munosabati bilan katta dasturxon yoziladi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)