Ravshan Ermatov O‘zbekiston Birinchi ligasining 3-turidan o‘rin olgan uchrashuvni boshqaradi. Bu haqda PFL sayti xabar berdi.
Toshkentda bo‘lib o‘tadigan “NBU-Osiyo” — “Zomin” o‘yini Ravshan Ermatovga ishonib topshirilgan. Unga qanotlarda Abduhamidullo Rasulov hamda Jahongir Saidov yordam beradi.
13-aprel kungi o‘yin Ermatov va jamoasiga Oliy liganing markaziy o‘yini oldidan tayyorgarlik vazifasini o‘tab beradi. Boisi FIFA referisi 15-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan “Lokomotiv” — “Nasaf” o‘yinida ham ishlaydi.
Izoh (0)