Ispaniyaning “Barselona” klubi o‘z vaqtida Angliya Premyer-ligasida to‘p surgan futbol yulduzlari tomonidan tanqid ostiga olindi.
Birinchilardan bo‘lib Rio Ferdinand so‘z olib, 5-6 nafar futbolchi “Barselona” libosini kiyishga umuman haqli emas degan fikrni ilgari surdi.
“Yuventus” Parij klubidan tajribaliroq ekani bilan ajralib turadi. Shuning uchun ham u “Barselona”ni “chopib tashladi”. Turinliklar ajoyib futbol namoyish qilishdi. Ular o‘yin uchun rejani uning yakuniga qadar to‘liq bajarishdi. Jahonning eng hujumkor klubiga qarshi qanday o‘ynash kerakligini ular ko‘rsatib qo‘ya olishdi. Imkoniyatlardan esa maksimum darajada foydalanishdi.“Manchester Yunayted” sobiq futbolchisidan tashqari “Liverpul” afsonasi ham Ispaniya klubining ayrim futbolchilarini tanqid ostiga oldi.“Barselona” libosi ostida kim o‘ynayotgani ahamiyatli emas, agar uning harakatida, hujumlarida ma’ni bo‘lmasa. O‘ylashimcha, klubning 5-6 nafar futbolchisi “Barselona” libosini kiyish uchun noloyiq.
Rio Ferdinand, BT Sport eksperti
Matyoni tanaffusdayoq almashtirishdi. Chunki u juda yomon taym o‘tkazdi. Umuman uning qanday qilib “Barselona” futbolkasini kiyib yurgani meni hayron qoldiradi. Futbolchi va klub o‘rtasida yer bilan osmoncha farq bor.“Arsenal” klubidagi o‘yinlari orqali tanilgan Ian Rayt esa Jerrardning fikrini davom ettirdi.Stiven Jerrard, sobiq futbolchi
Bundaylar bir nechta. Agar ular javob o‘yinida ham maydonga tushsa, “Yuventus” faqat va faqat xursand bo‘ladi. Masalan Andre Gomesh, Matyo... Shuningdek, menga darvozabon Ter Shtegen ham uncha yoqmaydi.Ian Rayt, BT Sport eksperti
Izoh (0)