Kosmonavtlar yarim yillik ekspeditsiyadan so‘ng yerga qo‘nish davomida Qozog‘iston cho‘llarining go‘zalligidan hayratga tushdi. Bu haqda “Kazinform” xabar bermoqda.
Qarag‘andadagi “Sariarka” aeroportida kosmonavtlar Sergey Rijikov, Andrey Borisenko va NASA astronavti Robert Sheyn Kimbrouni Karaganda viloyati akimi Erlan Koshanov kutib oldi.
Tashkil etilgan matbuot anjumanida kosmonavtlar orbitadagi 173 kun haqida hikoya qildi.
Andrey Borisenkoning so‘zlariga qaraganda, ekipaj orbitada qalampir yetishtirishni rejalashtirgan, biroq ushbu jarayon uchun talab etilgan qurilma stansiyaga yetib kelmagan.
42 yoshli rossiyalik kosmonavt Sergey Rijikovning so‘zlab berishicha, ekipaj qo‘nish davomida Qozog‘iston cho‘llarining manzarasidan bahramand bo‘lgan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)