2017-yilda Yaponiyaning turli shaharlaridan O‘zbekistonga o‘nta charter reysi tashkil etiladi. Bu haqda O‘zbekiston Davlat Turizm qo‘mitasi xabar bermoqda, deb yozadi UzDaily.
Yaponiyalik sayyohlar mamlakatga yetib kelgandan keyingi tadbirlar CATS, Marco Polo, Golden Road va Shahrizoda SamStarTour o‘zbek sayyohlik kompaniyalari bilan hamkorlik kelishuvlari doirasida tashkil etiladi.
Qo‘mitaning ma’lum qilishicha, ushbu loyiha doirasida Yaponiyadan O‘zbekistonga 2,5 mingga yaqin sayyoh tashrif buyuradi.
Aprel oyida Samarqand shahriga uchta reys tashkil etiladi. Natijada 750 nafar sayyoh O‘zbekistonga sayohat qilish imkoniga ega bo‘ladi.
7-aprel kuni Yaponiyadan sayyohlarning birinchi charter reysi O‘zbekistonga yetib keldi.
Yaponiyalik sayyohlar uchun haftalik tur O‘zbekiston va Buyuk Ipak yo‘lining qadimiy durdonalari hisoblanuvchi Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlariga tashrif buyurishni ko‘zda tutadi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)