Ertaga — 11-aprel kuni Toshkentning “Lokomotiv” klubi Osiyo Chempionlar ligasining 4-turi doirasida “Istiqlol”ga qarshi maydonga tushadi.
Bugun — 10-aprel kuni “temiryo‘lchilar” ustozi Andrey Miklyayev o‘yindan oldingi matbuot anjumanida ishtirok etdi va “Istiqlol”ga qarshi o‘yinda asosiy tarkibning uch nafar a’zosi o‘ynay olmasligi mumkinlini qayd etdi.
Shuhrat Muhammadiyev va Salamat Qutiboyevning jarohati bor. Ular ertaga maydonga tushmaydi. Timur Kapadze esa so‘roq ostida.Miklyayev Kot-d’Ivuardan bo‘lgan Krizoning transferi xato yoki yo‘qligi borasidagi savolga javob bera olmadi.Andrey Miklyayev, “Lokomotiv” bosh murabbiyi
Bilmadim. U Hozircha Marat Bikmayev bilan raqobatda yutqazmoqda.Ma’lumot uchun, “Istiqlol”ga qarshi o‘yin uchun sotilgan chiptalardan tushadigan pul sobiq futbolchi Sirojiddin Sayfiyev uchun safarbar etiladi. Tomonlarning Tehrondagi o‘yinida “Istiqlol” 2:0 hisobida zafar quchgandi.Andrey Miklyayev, “Lokomotiv” bosh murabbiyi
Izoh (0)