AQSh prezidenti Donald Trampning o‘g‘li kichkina Donald Tramp 9-aprel, yakshanba kuni Amerika shou-biznesi yulduzlariga o‘tgan yilgi saylovlarda respublikachi g‘alaba qozonsa, ular mamlakatni tark etishni rejalashtirganligi haqida eslatdi. Bu haqda Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Blogerlardan biri “So‘llarni qo‘llab-quvvatlovchi fransuz mashhurlari saylovlarda Le Pen g‘olib bo‘lsa Kanadaga ko‘chib o‘tishi haqida ma’lum qilmoqda. Buni avval ham qayerda eshitgan bo‘lishim mumkin?” — deb yozdi.
Kichkina Donald Tramp shu zahoti bu savolga “Aynan shunday qilishga va’da bergan barcha mashhurlar qachon ketishini hamon kutayapman!!!” — deya javob qaytardi.
O‘tgan yili Amerika shou-biznesining o‘nlab yulduzi Tramp prezident bo‘lsa, mamlakatni tark etishi haqida ma’lum qilgan edi. Yosh aktrisa va yozuvchi Lina Danem Kanada, Emi Shumer — Ispaniya, aktyor Semyuel Jekson — Janubiy Afrika, aktrisa va qo‘shiqchi Barbara Streyzand — Avstraliya yoki Kanada, qo‘shiqchi Sher esa Yupiterga ketishni rejalashtirgan edi.
“Vashington ekzeminer” gazetasining ma’lum qilishicha, ulardan hech biri bergan va’dasini bajarmagan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)