Oq uy Moskva tomonidan Suriya harbiy obyektiga zarba uydirma vaj ostida amalga oshirilganligi haqidagi bayonotga javoban hech narsa qo‘shimcha qila olmaydi. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Shon Spayser Fox News telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
“Men o‘tgan kechadagi javobimiz yetarlicha aniq bo‘ldi deb hisoblayman”, — dedi u.
“AQSh prezidenti 59 ta ‘Tomagavk’ qanotli raketasini uchirish haqida buyruq berdi, ularning barchasi nishonga tekkan. Bu biz (AQSh) yuz berayotgan hodisalarga beparvo qarab turmasligimizni namoyish etish uchun amalga oshirildi”, — deya qo‘shimcha qildi Spayser.
“Biz mamlakat sifatida bir bo‘lib harakat qildik deb hisoblayman, dunyoning qolgan mamlakatlari harakatlarimiz yuzasidan prezidentimizga hamfikr ekanligini bildirdi”, — dedi Oq uy matbuot kotibi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)