Suriya-Iordaniya chegarasida joylashgan qochoqlar lageri yaqinidagi nazorat-o‘tkazish punktida kuchli portlash yuz berdi, deb yozadi “TASS” Al-Masdar nashriga tayanib.
Uning ma’lumotlariga ko‘ra, portlovchi moddalar bilan to‘ldirilgan avtomobil portlab, parcha-parcha bo‘lib ketgan, oqibatda 10 ga yaqin kishi halok bo‘lgan yoki yaralangan.
Bundan tashqari, portlashdan so‘ng Suriya janubida “Suriya ozodlik armiyasi” otryadlari va IShID terrorchilari bilan aloqador deb taxmin etilayotgan noma’lum jangarilar guruhi o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar boshlangan.
Iordaniya qurolli kuchlari ayni paytda potensial terror xavfini aniqlash uchun hududni tekshirib chiqmoqda.
Izoh (0)