Arab dengizining Adan ko‘rfazida Tuvalu bayrog‘i ostidagi quruq yuk tashiydigan kema Somali qaroqchilari tomonidan qo‘lga olinganligi taxmin qilinmoqda. Bu haqda Puntlend avtonom hududi dengiz politsiyasiga tayanib, Reuters agentligi xabar bermoqda, deb yozadi “TASS”.
Buyuk Britaniya dengiz savdo operatsiyalari tashkiloti (UKMTO) ham kema qo‘lga olinganligini tasdiqlagan. “Mazkur hudud orqali suzib o‘tayotgan kemalarga o‘ta ehtiyotkor bo‘lish tavsiya etiladi”, — deydi UKMTO vakillari.
5-aprel kuni Somali qaroqchilari Pokistonning oziq-ovqat yuklari ortilgan “Salama-1” kemasini qo‘lga olganligi ma’lum bo‘lgan edi.
Izoh (0)