Turkiya prezidentining matbuot kotibi Ibrohim Kalin Suriyada darhol parvozdan holi hududlar tashkil etish kerakligini ma’lum qildi Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Bashar Asad tuzumining harbiy jinoyatlariga qarshi AQShning Xomsdagi Shayrat aerodromiga bergan javob zarbasini ijobiy deb hisoblaymiz. Ushbu qadam tuzumning tinch xalqqa nisbatan oddiy hamda kimyoviy qurol qo‘llagani javobsiz qolmasligi nuqtai nazaridan muhim hisoblanadi. Kelajada bu kabi ommaviy qirg‘inlar ro‘y bermasligi uchun Suriyada darhol parvozdan holi hamda xavfsiz hududlar tashkil qilish kerak”, — deya ta‘kidladi kotib.
7-aprelga o‘tar kechasi AQSh qurolli kuchlari prezident Donald Tramp buyrug‘iga binoan Suriyaning Xoms viloyatiga 59 ta qanotli raketalarni uchirgan edi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)