Kolumbiyadagi Mokoa shahriga o‘tgan haftada sel oqimi yopirilishi oqibatida kamida 102 nafar bola halok bo‘lgan. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, tabiiy ofat tufayli jami 314 kishi hayotdan ko‘z yumdi. 247 nafar qurbonning jasadi dafn etish uchun yaqinlariga berildi. Yana 332 kishi jarohat olgan.
Shuningdek, rasmiylar bedarak yo‘qolgan 127 kishi haqidagi ma’lumotlarni to‘pladi. Ular orasida 3 nafar chet ellik — Ispaniya, Germaniya va Ekvador fuqarolari bor.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)