Toshkentning “Bunyodkor” klubi “Zob Ohan” bilan o‘yin uchun Eronga jo‘nab ketdi.
Osiyo Chempionlar ligasining 4-turida “qaldirg‘ochlar” Eronning “Zob Ohan” klubiga qarshi maydonga tushadi. Tomonlarning Toshkentdagi o‘yinida forslar 2:0 hisobida zafar quchgandi.
3-turdan keyin Sergey Lushchan jamoasi birorta ham ochko jamg‘ara olmagan. Hisobida 4 ochkosi bor Eron klubi esa guruhda 3-o‘rinni egallab turibdi.
“Zob Ohan” — “Bunyodkor” o‘yini 11-aprel — seshanba kuni Toshkent vaqti bilan 20:30 da start oladi. Mazkur o‘yinda ishtirok etish uchun “Bunyodkor” futbolchilari Toshkent-Istanbul-Isfaxon yo‘nalishi bo‘ylab yo‘lga chiqqan.
Izoh (0)