Bokuda muxolifatdagi Ozarbayjon demokratik kuchlar milliy kengashining korrupsiyaga qarshi va siyosiy mahbuslarni ozod qilish talab etilgan mitingi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda “RIA Novosti” ma’lum qildi.
Oldinroq kengash Boku rasmiylariga 9-aprel, yakshanba kuni miting o‘tkazish uchun ruxsat berishni so‘rab, murojaat qilgan edi. Biroq rasmiylar mitingni 8-aprel, shanba kuni o‘tkazishni taklif etdi va bu muxolifatchilar tomonidan qabul qilindi.
Poytaxtning “Mahsul” stadionida bo‘lib o‘tayotgan mitingda “Yo‘qolsin korrupsiya!” va “Siyosiy mahbuslarga ozodlik!” kabi shiorlar yangramoqda.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)