Nukusda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining o‘n beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “KRuz.uz” xabar bermoqda.
Sessiyani Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Musa Yerniyazov boshqarib bordi.
Deputatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining ayrim qo‘mitalari tarkibiga o‘zgartishlar kiritish masalasini ko‘rib chiqib, joriy yil 26-fevral kuni bo‘shagan o‘rinlarga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga bo‘lib o‘tgan saylovlarda saylangan deputatlarni tegishli qo‘mitalarning a’zolari qilib sayladi va qaror qabul qildi.
Sessiyada Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Iqtisodiyot, sanoat, qurilish, transport va aloqa masalalari qo‘mitasining raisi bo‘lib 48-sonli “Jinishke” saylov okrugidan deputat Uzaqbergen Utambetov, shuningdek, Jo‘qorg‘i Kengesning Ijtimoiy rivojlanish va jamoat birlashmalari masalalari qo‘mitasining raisi bo‘lib 48-sonli “Qanliko‘l” saylov okrugidan deputat Dao‘itbay Qurbaniyazov saylandi va tegishli qaror qabul etildi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)