O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Kolumbiya Respublikasi prezidenti Xuan Manuel Santos Kalderonga Putumayo provinsiyasida yuz bergan va ko‘p sonli kishilarning qurbon bo‘lishiga va vayronalarga sabab bo‘lgan yirik tabiiy ofat munosabati bilan chuqur hamdardlik bildirdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi TIV axborot berdi.
Maktubda O‘zbekiston rahbari barcha kolumbiyaliklarga, shuningdek, halok bo‘lganlarning oila a’zolari, yaqinlari hamda jarohatlanganlarga hamdardlik va dalda so‘zlarini yo‘lladi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)