• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +40°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Puxta va aniq maqsadli sa’y-harakatlar oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, eksport salohiyatini oshirishga mustahkam zamin yaratmoqda

    2017—2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi hamda uni Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida amalga oshirishga oid Davlat dasturida oziq-ovqat xavfsizligini ­ta’minlash, aholiga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hamda ­iste’mol tovarlarini uzluksiz yetkazib berish, ichki bozorda ­narx-navolar sun’iy ko‘tarilishining oldini olish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilangan.

    Foto: UzReport

    Foto: UzReport

    Oziq-ovqat xavfsizligi ko‘p jihatdan qishloq xo‘jaligi rivoji bilan uzviy bog‘liq. Biroq, shunday bo‘lsa-da, aholini kundalik iste’mol mahsulotlari bilan barqaror ta’minlashda minglab tashkilot va ishlab chiqarish quvvatlari ham hal qiluvchi o‘rin tutadi.

    Darhaqiqat, bugungi kunda mamlakatda 10 mingga yaqin oziq-ovqat sanoati korxonalari faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, ularning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 18 foizdan ko‘proqni tashkil qiladi. Bunda oziq-ovqat bozorining asosiy ishtirokchilari bo‘lgan “O‘zbekoziqovqatxolding”, “O‘zdonmahsulot”, “O‘zvinosanoat-xolding” kompaniyalari, shuningdek, xususiy ishlab chiqarish subyektlarining salmoqli hissasi bor.

    Aytish joizki, tizimdagi korxonalar bugungi bozor talablariga tez moslashishi, ishlab chiqarishni mobil tashkil qila olishi bilan ajralib turadi. “Molochniy domik” brendi ostida sut va sut mahsulotlari ishlab chiqarayotgan korxona faoliyati bunga misol bo‘la oladi.

    Gap shundaki, uning jamoasi nafaqat mahsulot sifatini yaxshilashga intilmoqda, balki marketing yo‘li bilan xaridorlarga yaqinlashish payidan bo‘lmoqda. Ya’ni poytaxtimizdagi 70 dan ortiq “savdo uycha”lari orqali aholiga tvorog, qaymoq, qatiq va boshqa sut mahsulotlari yetkazib berilayapti.

    Xorijning eng ilg‘or texnologik liniyalari bilan jihozlangan shu kabi oziq-ovqat sanoati korxonalarida sifat menejmenti tizimi joriy qilingani tayyorlanayotgan mahsulotlar xavf­sizligi va raqobatdoshligi ta’minlanishida muhim omil bo‘lmoqda. Binobarin, eksport hajmini oshirish “O‘zbek­oziqovqatxolding” kompaniyasi zimmasidagi asosiy vazifalardan biridir. Shu maqsadda yurtimiz hamda xorijda o‘tkazilayotgan ko‘rgazma va yarmarkalarda faol ishtirok etish, logistika markazlari tashkil qilish yuzasidan aniq chora-tadbirlar ko‘rilayotir.

    Ma’lumki, oziq-ovqat mahsulotlarini uzoq muddat saqlab bo‘lmaydi. Shuning uchun ham dunyoda tovarlar taqsimotida, jumladan, tez ayniydigan iste’mol tovarlarini taqsimlashda logistika markazlarining roli va ta’siri g‘oyat katta. Shu ma’noda, mamlakatimizda tegishli normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq, 2020-yilga qadar meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash, qadoqlash va eksport qilish bo‘yicha 14 ta savdo-logistika markazini ochish ko‘zda tutilgani quvonarlidir. Ularni barpo etishda mahsulotlarni sifatli tashish, saqlash, saralash, kalibrlash, qadoqlash, sertifikatlash hamda eksport qilishni ta’minlaydigan tegishli infratuzilma bo‘lishiga alohida e’tibor qaratil­moqda.

    Sohada olib borilayotgan ana shunday tizimli islohotlar natijasida O‘zbekiston juda qisqa davr ichida oziq-ovqat mahsulotlarini import qiluvchidan eksport qiluvchi mamlakatga aylandi. Hozirgi paytda sarxil va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarimiz dunyoning ellikdan ortiq davlatiga sotilayapti. Oxirgi yillarda mahsulotlarimizni import qiladigan davlatlar safi AQSh, Ispaniya, ­Avstriya, Polsha, Italiya, Yaponiya, Shveysariya va boshqa davlatlar bilan yanada kengaydi. Misol uchun, Polshada O‘zbekistonning quritilgan oshqovoq, anjir, o‘rik hamda olxo‘ri mahsulotlariga ­talab katta bo‘lsa, Koreya Respublikasidagi iste’molchilar gilosimizga bo‘lakcha mehr qo‘ygan, ushbu mamlakatda qovunlarimiz bozori ham chaqqon. Ispanlar esa yurtimizda yetishtirilgan bodring, sarxil salat mahsulotlarini sevib iste’mol qilishmoqda. Loviya, no‘xat, oshqovoq, quritilgan sabzi esa avstriya­liklarda katta qiziqish uyg‘otayapti.

    Mazkur yo‘nalishdagi ishlar ko‘lami kelgusida ortib boraveradi. Negaki, birgina 2016—2020-yillarda meva-sabzavot va go‘sht-sut mahsulotlarining xomashyo bazasini yanada rivojlantirish, ularni qayta ishlashni chuqurlashtirish, oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarish va eksport qilishni ko‘paytirish dasturiga muvofiq, 596 million AQSh dollarilik 180 ta yirik loyiha amalga oshirilmoqda.

    Yaqinda Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan “ProdEkspo — 2017” xalqaro ko‘rgazmasida erishilgan natijalar savdo-iqtisodiy sohada xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, meva-sabzavot mahsulotlari eksportini tashkil qilish bo‘yicha olib borilayotgan salmoqli ishlarning o‘ziga xos ko‘zgusi bo‘ldi, desak, mubolag‘a emas. Ushbu tadbirlar yakunida jami 74 million AQSh dollarilik sarxil hamda qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlar savdosi bo‘yicha ­bitim imzolandi.

    Germaniya poytaxtida bo‘lib o‘tgan “Yashil hafta — 2017” yarmarkasi doirasida esa 151,1 million dollarlik shartnomalar tuzildi.

    Bular respublikada oziq-ovqat sanoatini isloh qilish, fermer xo‘jaliklari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashtirilgan korxonalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar berayotgan beqiyos samaralardan bir shingil, xolos. Zero, puxta o‘ylangan va aniq maqsadli sa’y-harakatlar nafaqat oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, balki mamlakatimiz eksport salohiyatini to‘laqonli ro‘yobga chiqarishga mustahkam zamin yaratmoqda.

    Said Rahmonov,

    “Xalq so‘zi” muxbiri.

    06.04.2017, 12:26   Izoh (0)   7319
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Moskvada shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf xotiralariga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi

    06.04.2017, 10:17

    Ijtimoiy so‘rov: O‘zbekiston fuqarolarining 83,5 foizi Harakatlar strategiyasini qo‘llab-quvvatlaydi

    06.04.2017, 10:09

    Rossiya va O‘zbekiston o‘zbek oziq-ovqat mahsulotlari eksportini kuchaytiradi

    06.04.2017, 09:55

    O‘zbekiston Rossiyaning bir qator mahsulotlariga aksiz soliqlaridan voz kechdi

    06.04.2017, 09:34

    Yunusobod va Olmazor tumanlari aholisi uchun sayyor qabul o‘tkazildi

    06.04.2017, 09:13

    Toshkentda yangilangan BMT ekobog‘i ochildi

    06.04.2017, 09:04
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Bosqinni hech qachon tan olmang”. Ozarbayjon prezidenti Ukraina yaxlitligini tiklash bo‘yicha tavsiyalar berdi

    Dunyo | 20 iyul, 13:10

    Ukraina Avstraliyadan Abrams tanklarining dastlabki partiyasini oldi

    Dunyo | 20 iyul, 12:40

    O‘zbekistonda hafta boshida havo harorati qanchaga ko‘tarilishi ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 20 iyul, 12:10

    Rossiyada Mudofaa vazirligining yuqori martabali rasmiysi 6 yilga qamaldi

    Dunyo | 20 iyul, 11:40

    Navoiyni zararli tutun qopladi (video)

    O‘zbekiston | 20 iyul, 11:10

    Dastin Porye faoliyatidagi so‘nggi jangida Maks Holloueyga yutqazdi

    UFC | 20 iyul, 10:30

    Saudiya Arabistonining “uyqudagi shahzoda”si vafot etdi

    Dunyo | 20 iyul, 10:30

    Messi penaltisiz urilgan gollar soni bo‘yicha Ronaldudan o‘zib ketdi

    Futbol | 20 iyul, 10:04
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.