Sankt-Peterburg metropolitenida 3-aprelda yuz bergan teraktdan so‘ng Toshkent metropolitenida xavfsizlik choralari kuchaytirildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBBda 6-aprelda bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qilindi.
Xabar berilishicha, metro bekatlaridagi yo‘lovchilar sonini hisobga olgan holda ma’lum bekatlarga huquqni muhofaza qilish organlarining qo‘shimcha xodimlari jalb etildi. Sankt-Peterburg metrosida yuz bergan voqeadan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi IIV rahbariyati Toshkent metrosi bekatlarini aylanib chiqib, xavfsizlik choralari qay darajada ekanligini va qo‘riqlash xizmati xodimlari ishining samaradorligini nazoratdan o‘tkazdi.
Eslatib o‘tamiz, 3-aprel kuni Sankt-Peterburg metrosining “Sennaya ploshchad” va “Texnologicheskiy institut” bekatlari oralig‘ida portlash yuz bergan edi. Portlash oqibatida 14 kishi halok bo‘lgan, 50 dan ortiq odam tan jarohati olgan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)