Janubiy Koreya Respublikasi prokuraturasi mamlakat sobiq prezidenti Pak Kin Xeni ikkinchi marta so‘roq qilishni boshladi. Bu haqda nazorat boshqarmasi vakili jurnalistlarga ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
“Tergovchilar jamoasi tongda sobiq davlat rahbari saqlanayotgan Seuldagi ‘Uivan’ izolyatoriga yetib keldi”, — deya ta’kidlaydi u.
Pak Kin Xeni birinchi marta so‘roq qilish jarayoni 11 soat davom etgan edi. So‘roq davomida sobiq prezident 13 ta bandni o‘z ichiga oluvchi barcha ayblovlar, jumladan, poraxo‘rlik, mansab vakolatini suiiste’mol qilish, tamagirlik va davlat sirlarini oshkor qilish maqsadida til biriktirish ayblarini inkor qildi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)