Italiya kubogining finalida to‘p suradigan ikki jamoa nomiga ham oydinlik kiritildi.
Yarim finalning birinchi o‘yinida “Napoli” ustidan 3:1 hisobida zafar quchgan “Yuventus”, javob o‘yinida 2:3 hisobida yengildi va finalning “Latsio”dan keyingi ikkinchi ishtirokchisi bo‘ldi.
Neapoldagi o‘yinda “Napoli”ning argentinalik sobiq hujumchisi Gonsalo Iguain ikkita gol urishga erishdi. Garchi “Napoli” o‘yin yakuniga qadar g‘alabani ilib ketgan bo‘lsa ham, ikki o‘yin natijasiga ko‘ra yurishiga yarim finalda yakun yasadi.
Bir kun avval Rimning “Roma” klubi ham “Latsio” ustidan 3:2 hisobida zafar quchganiga qaramay, final chiptasidan mosuvo bo‘lgandi.
Italiya kubogi Yarim final 5-aprel, chorshanba
Izoh (0)