Toshkent shahar hokimiyatida 2017-yil 5-aprelda poytaxtdagi kommunal xizmatlar faoliyati yuzasidan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida aholi turar joylarini kuz—qish mavsumida isitish tizimi faoliyatiga bog‘liq savollarga soha mutasaddilari javob berdi.
“Toshissiqquvvati” IChB UK bosh direktori Bahrom Qurbonbekov tomonidan ma’lum qilinishicha, Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-iyuldagi 194-sonli qaroriga binoan, mavsum boshlanishida tashqi harorat ketma-ket besh kun o‘rtacha sakkiz darajadan past bo‘lsa, xonadonlarni isitish tizimi ishga tushiriladi. Mavsum oxiriga kelib, tashqi harorat ketma-ket besh kun o‘rtacha sakkiz darajadan yuqori bo‘lsa isitish tizimi o‘chiriladi.
Ta’kidlanishicha, xonadonlarni kuz—qish mavsumida isitish 148 kun qilib belgilangan. O‘z nihoyasiga yetgan mavsumda poytaxtdagi xonadonlarda 155 kun isitish tizimi ishlagan. Toshkent shahar hokimining 2017-yil 23-martdagi 299-son qaroriga asosan 24-mart soat 10:00 dan boshlab kuz—qish mavsumi o‘z nihoyasiga yetgan hisoblanib, isitish tizimi o‘chirila boshlangan.
Aholiga issiqlik quvvati uchun to‘lovlarni amalga oshirishda yengillik yaratish maqsadida 148 kunlik kuz—qish mavsumi uchun to‘lov bir yilga teng taqsimlangani qo‘shimcha qilindi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)