IShID terrorchilik tashkiloti jangarilarining Iroq shimolidagi Tikrit shahriga uyushtirgan hujumi oqibatida kamida 29 kishi halok bo‘ldi. Bu haqida Sky News Arabia telekanaliga tayanib, “TASS” xabar qildi.
Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, terrorchilar guruhi o‘tgan kecha Tikrit politsiya uchastkasiga hujum qilgan, shundan so‘ng mahalliy maktablardan biriga barrikada qurib olgan. Iroq qo‘shinlari o‘tkazgan maxsus operatsiyasi natijasida barcha jangarilar yo‘q qilindi.
Salohiddin viloyatining gubernatori Ahmad Abdulla al-Juburiyning so‘zlariga ko‘ra, mojaro sababli Tikrit shahri va shahar atrofidagi ko‘plab davlat idoralari vaqtincha yopib qo‘yilgan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)