“Gazprom” kompaniyasi rahbari Aleksey Miller Kremlda O‘zbekistondan gaz sotib olish bo‘yicha shartnomani imzoladi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.
Shuningdek, kadrlar tayyorlash bo‘yicha memorandum hamda hamkorlikda geologiya-razvedka ishlarini olib borish va muhandislik-innovatsiya ishlarini tashkil etish bo‘yicha kelishuvlar imzolgani aytilmoqda.
Bundan tashqari, “Gazprombank” rahbari Andrey Akimov O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari G‘ulomjon Ibrohimov bilan O‘zbekistonda neftgaz, tog‘-kon va metallurgiya sohalarida Rossiya kompaniyalari ishtirokida investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha hadli bitim imzolagan.
Avvalroq “Gazprom” gaz sotib olish bo‘yicha O‘zbekiston bilan ilk bor o‘rta muddatga mo‘ljallangan — besh yillik shartnoma imzolashi haqida xabar berilgan edi.
Mazkur kelishuvga qadar “Gazprom” O‘zbekistondan gazni har yili yangidan tuziladigan shartnomalar asosida sotib olardi. Kompaniya O‘zbekistondan gaz sotib olishni 2003-yilda boshlagan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)