Shu yilning 2-aprel, yakshanba kuni soat 11:20 atrofida Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani Toshkent xalqa avtomobil yo‘li ko‘chasida Lacetti rusumli avtomashina ikki nafar piyodani urib yuborib, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan boshqa Lacetti avtomashinasiga urildi. Bu haqda UZ24 xabar bermoqda.
Yo‘l-transport hodisasi oqibatida ikki nafar fuqaro hayotdan ko‘z yumdi. Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, yo‘l-transport xodisasini sodir etilishida gumonlanayotgan Lacetti avtomashinasi haydovchisi ushlangan.
Xabarda qayd etilishicha, hozirda sodir bo‘lgan holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)