Misr hukumati IShID terrorchilik guruhining Sinay yarim oroli shimolida faoliyat olib boruvchi yacheykasi asoschilaridan biri yo‘q qilinganini rasman tasdiqladi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Bu haqda mamlakat qurolli kuchlari rasmiy vakili polkovnik Tamer ar-Rifaiy ma’lum qildi.
“Harbiy-havo kuchlari tomonidan 18-mart kuni Sinaydagi jangarilar joylashgan nuqtalar bombardimon qilinishi natijasida 18 nafar jangari, shu jumladan, IShIDning Misrdagi yacheykasi boshliqlaridan biri, savarka qabilasi vakili, ko‘proq Abu Anas al-Ansoriy nomi bilan mashhur bo‘lgan Salim Silmi al-Hamadin yo‘q qilindi”, — dedi u.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)