“Manchester Yunayted”dagi faoliyatidan keyin AQShning “Chikago Fayr” klubi bilan shartnoma imzolagan Bastian Shvaynshtayger debyut o‘yinidayoq gol urdi.
Mamlakat chempionati doirasida “Chikago Fayr” “Monreal Impekt” klubiga qarshi kurash olib borib, 2:2 hisobida durang o‘ynadi. Bellashuvning 17-daqiqasida Bastian boshi bilan mehmonlar darvozasini aniq ishg‘ol qilishga erishdi.
Keyinroq Monreal klubi ikkita gol urdi. Ikkinchi gol 90-daqiqada kiritildi. Shunga qaramay, Shvaynshtayger to‘p surayotgan jamoa mag‘lubiyatdan qutulib qoldi. Hisob 93-daqiqada tenglashdi.
Ma’lumot uchun, “Chikago Fayr” 4 ta o‘yinda 5 ochko jamg‘arib, 11 ta jamoa chempionlik uchun kurash olib borayotgan ligada 7-o‘rinni egallab turibdi.
Izoh (0)