Xitoyning Xenan provinsiyasida joylashgan ruhiy kasalliklar xususiy shifoxonasi mijozi taom iste’mol qilish uchun mo‘ljallangan tayoqcha bilan uch ayolni o‘ldirib, yana biriga jarohat yetkazdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, mazkur hodisa 24-fevral kuni sodir bo‘lgan, biroq provinsiya rasmiylari bu haqda rasman 1-aprel kuni e’lon qilgan.
Sina axborot portali xabariga ko‘ra, ruhiy kasalliklar bilan og‘rigan 44 yoshli erkak uni bog‘lab turgan tasmalardan xalos bo‘lishga muvaffaq bo‘lgan va ovqatlanish uchun mo‘ljallangan tayoqchani olib, mazkur tibbiy muassasaning to‘rt mijoziga tashlangan. Ayollardan biri voqea joyida halok bo‘lgan, uch nafari ko‘z va miya-suyak jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay, ikki ayol halok bo‘ldi. To‘rtinchi jabrlanuvchining sog‘lig‘i esa ayni damda tiklanmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, ayollarga hujum qilgan Yan familiyali shaxs avval metal kishanlar va zanjirlar bilan bog‘langan bo‘lgan, biroq mazkur hodisa sodir bo‘lgan kun u tasma va arqonlar bilan bog‘lab qo‘yilgan.
Voqeadan so‘ng u tegishli terapiya va ekspertizadan o‘tkazilishi uchun Loyan shahridagi ruhiy kasalliklar shifoxonasiga ko‘chirildi.
Mazkur hodisa bo‘yicha tergov ishlari davom etmoqda. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)