31-mart kuni Toshkent shahrida haydovchilarni to‘xtash chizig‘i haqida ogohlantiruvchi “Stop-liniya” (5.33) belgilari o‘rnatila boshlandi. Bunday belgilar birinchi bo‘lib poytaxtning markaziy chorrahalarida o‘rnatildi, deb xabar beradi “Nuz.uz”.
Xususan, mazkur yo‘l ko‘rsatkichlari shaharning Labzak va Navoiy ko‘chalari hamda Abay va Abdulla Qodiriy ko‘chalari tutashgan ikki markaziy chorrahada o‘rnatildi.
Belgilar yo‘lga chizilgan to‘xtash chizig‘i yoniga o‘rnatilmoqda. “Gazeta.uz”ning yozishicha, bosh harflar bilan “STOP” so‘zi yozilgan axborot-ishora belgisi, O‘zbekiston YHQga muvofiq, svetofor yoki boshqaruvchining taqiqlovchi signalida transport vositasining to‘xtash joyini anglatadi.
Bundan tashqari, yo‘l-kommunal xizmatlari yo‘llardagi ishoralarni yangilay boshladi. Jumladan, Amir Temur xiyoboni bilan kesishuvchi ko‘chalarda stop-chiziqlar va piyodalar yo‘laklari belgilab qo‘yildi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)