Qatar Yulduzlar ligasining 24-turida o‘zbekistonlik futbolchilar to‘p suradigan ikki klub maydonga tushdi.
Temurxo‘ja Abduxoliqov va Sanjar Shoahmedov harakat qiladigan “As-Sayliya” safardan 1 ochko bilan qaytdi. Klubni O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Temurxo‘ja Abduxoliqovning penaltidan urgan goli mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.
Ma’lumot uchun, Abduxoliqov Qatar Yulduzlar ligasining 8 ta o‘yinida 5 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. Sanjar Shoahmedov ham shuncha o‘yinda ishtirok etib, 1 ta gol urishga erishgan.
Sanjar Tursunov to‘liq harakat qilgan bellashuvda “Al-Haraytiyat” klubi 3 ochkoni qo‘lga kiritdi va turnir jadvalida “As-Sayliya”dan ilgarilab ketdi.
Bugun — 2-aprel kuni Sardor Rashidovning “Al-Jaish” klubi jiddiy bellashuv o‘tkazadi. Klub turnir jadvalida peshqadamlik qilayotgan “Lahviya” maydonida saf tortadi.
Qatar Yulduzlar ligasi 24-tur bellashuvlari 1-aprel, shanba
“Al-Muaydar” — “As-Sayliya” 1:1
Gollar: Ahmad Yosin, 5 (1:0). Temurxo‘ja Abduxoliqov, 30-pen (1:1).“Al-Ahli” — “Al-Haraytiyat” 0:2
Gollar: Tiberkanine, 40 (0:1). Sa’d Al-Ahbabi, 50 (0:2).2-aprel, yakshanba“Lahviya” — “Al-Jaish”
Izoh (0)