Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy ligasining 4-tur bellashuvlarini jami 37.899 nafar muxlis kuzatib bordi, deb xabar berdi “Championat.asia”.
Shuning uchdan biri Samarqanddagi stadionga yetib kelib, “Dinamo”ning “Navbahor”ga qarshi uchrashuvini tomosha qildi — 13.105. Biroq klub yangi mavsumning muxlis jamg‘arish ko‘rsatkichida eng yaxshi bo‘lib turgan Namangan klubini mag‘lub eta olmadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, ketma-ket uch g‘alabaga erishgan “Dinamo” o‘yinini ko‘rish uchun tashrif buyurgan minglab muxlislar stadion tashqarisida qolib ketgan.
Xuddi shu turdan o‘rin olgan Toshkent derbisini esa 700 dan biroz ko‘proq muxlis kuzatib bordi. Bunda ularning soni qo‘lbola usulda hisoblab chiqilganmi yoki yo‘q — aniq emas. “Lokomotiv” esa muxlislari sonini 1000 dan oshirishga erishgan.
Izoh (0)