Avstraliya shaqrida “Debbi” tropik sikloni tufayli kelib chiqqan suv toshqini oqibatida besh kishi halok bo‘ldi, deb yozadi “TASS”.
Yangi Janubiy Uels va Kvinslend rasmiylari 1-aprel, shanba kuni ushbu shtatlar hududidagi suv toshqini oqibatida uch kishi jabrlanganligi, 2-aprel, yakshanba kuni esa yana ikki kishi halok bo‘lganligini ma’lum qildi. Kvinslend shtati uch nafar fuqarosining taqdiri noma’lumligicha qolayotganligiga aniqlik kiritdi.
Mavzuga doir: Avstraliyadagi suv toshqinlari oqibatlari (foto)
Hozirgi paytda Kvinslend sharqidagi Rokgempton shahrida eng tahdidli vaziyat yuzaga kelmoqda. 70 mingdan ortiq aholiga ega bo‘lgan mazkur shahardan oqib o‘tuvchi Fitsroy daryosining suv sathi 1954-yilda qayd etilgan ko‘rsatkichdan ham oshishi mumkin. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)