AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya 2014-yil avgustidan 2017-yil fevraliga qadar Suriya va Iroqda berilgan aviazarbalar natijasida tinch aholidan jami 396 kishi halok bo‘lgan bo‘lishi mumkinligini ma’lum qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
“Hozirga qadar, 2014-yil avgustidan 2017-yil fevraligacha bo‘lgan ma’lumotlarga ko‘ra, ittifoq jami 18,6 ming avizarbani amalga oshirgan. Bu davr mobaynida tinch aholining 396 nafar vakili halok bo‘lgan bo‘lishi mumkin”, — deyiladi koalitsiya axborotida.
Shuningdek, koalitsiya Mosulga hujum vaqtida amalga oshirilgan avizarbalar natijasida tinch aholi halok bo‘lgani haqidagi 15 ta ishonchli xabarga ega ekanligini tasdiqladi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)