Chexiyaning Shveysariya va Lixtenshteyndagi elchisi Karel Boruvka tushuntirish berishi uchun o‘z vataniga chaqirib olindi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Elchining so‘zlariga ko‘ra, mazkur chora uning xotini ijtimoiy tarmoqlarda juda faol ekani bilan bog‘liq.
“Chexiya Tashqi ishlar vazirligi xotinimning ijtimoiy tarmoqlardagi faolligi uchun meni jazolamoqda. Bunga aql bovar qilmaydi. Chexiya diplomatiyasida avvallari shunday hol kuzatilganini eslay olmayman. Diplomatik korpus bo‘yicha hamkasblarim ham shunga o‘xshash biror voqeani bilmaydi. Bunda gap TIV xodimi hisoblangan ayolimning huquqlari haqida bormoqda”, — dedi elchi.
Boruvkaning qo‘shimcha qilishicha, Chexiya TIV rahbariyati elchining faoliyatidan doimi mamnun bo‘lib kelgan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)