Qirg‘iziston poytaxti Bishkek mezbonlik qilayotgan MMA WEF 29 Global 7 & AFCA musobaqasida ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik Mansur To‘g‘izboyev dastlabki g‘alabasiga erishdi. Bu haqda “Sports.uz” nashri xabar berdi.
O‘zbekistonlik sportchi o‘zining ilk jangini qozog‘istonlik Doniyor Kulovga qarshi o‘tkazishi kerak edi. Biroq 70 kilogramm tosh bosadigan Kulov ringga chiqishdan bosh tortdi.
Buning oqibatida Mansur To‘g‘izboyevning raqibi nisbatan og‘irroq vazndagi sportchi bo‘ldi. 75 kilogramm vazn toifasida jang qiladigan qozog‘istonlik Arslan Ravshanbekovga qarshi turish Mansur To‘g‘izboyev uchun omadli bo‘ldi va u raqibini taslim qildi.
To‘g‘izboyevning keyingi raqibi kim ekaniga va jang qachon o‘tishiga oydinlik kiritilmagan.
Izoh (0)