Xitoyning “Shanxay Shenxua” futbol klubining uy stadionida jiddiy yong‘in kelib chiqdi. Bu haqda 28-mart kuni “Sports.ru” xabar bermoqda.
Yong‘in 33 ming kishiga mo‘ljallangan Hongkou Stadium maydonida mahalliy vaqt bilan 8:30 da boshlangani qayd etildi.
Mavzuga doir: “Shanxay Shenxua”dan daqiqasiga 75 dollar oladigan Karlos Teves jahonning eng kata maoshli futbolchisiga aylandi
O‘t uchiruvchilar yong‘inni bartaraf etdi. Hech kim jabrlanmadi, ammo “Shanxay Shenxua” 16-aprel kuni “Chanchun Yatay”ga qarshi uchrashuvni boshqa stadionda o‘tkashizi mumkin.
Mahalliy hukumat rasmiylari yong‘in kelib chiqishi sabablarini o‘rganmoqda.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)