AQSh prezidenti Donald Tramp razvedka bo‘yicha vakillik palatasi qo‘mitasi Hillari Klinton va Demokratik partiyaning boshqa bir qator vakillarining Rossiya bilan aloqasini tekshirishi lozim deb hisoblaydi. Bu haqda respublikachi Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi, deb yozadi “RBK”.
“Nega razvedka bo‘yicha vakillik palatasi qo‘mitasi Bill va Hillarining uranning kattagina qismi Rossiyaga ketishiga imkon bergan bitim, Hillarining ‘qayta yo‘lga qo‘yishi’, uning Rossiya va Podestaning (Hillari Klinton saylov shtabi boshlig‘i) Rossiya kompaniyasiga nisbatan maqtovini tekshirmaydi”, — deb yozdi Tramp.
Respublikachilardan bo‘lgan Tramp o‘zining Rossiya bilan aloqalari yolg‘on ekanligini yana bir marta ta’kidlab o‘tdi.
Tramp prezidentlik kampaniyasi davomida ham raqibi Hillari Klintonni AQSh davlat kotibi lavozimini egallab turgan 2009—2013-yillarda Amerika uranining 20 foizini Rossiyaga berishda ayblagan edi.
Izoh (0)