KXDR yetakchisi Kim Chen Inning katta akasi Kim Chon Namning jasadi krematsiya qilinib, uning hoki Shimoliy Koreyaga yuboriladi. Bu haqda “Kyodo” agentligi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Krematsiya 26-mart, yakshanba kuni amalga oshirilgan bo‘lishi mumkinligi ham ta’kidlanmoqda. Avvalroq Kim Chon Nam jasadi Kuala-Lumpurdagi shifoxonadan noma’lum yo‘nalishda olib chiqib ketilganligi ma’lum qilingan edi.
Eslatib o‘tamiz, Kim Chon Nam 13-fevral kuni Kuala-Lumpur aeroportidan shifoxona yo‘lida halok bo‘lgan edi. Malayziya sog‘liqni saqlash vaziri Subramaniam Satxasivam uning o‘limi asab tizimini falaj qiluvchi taqiqlangan modda ta’sirida yuzaga kelganligini ma’lum qildi. Pxenyan esa Malayziyada Kim Chxol nomiga olingan pasportga ega bo‘lgan KXDR fuqarosi halok bo‘lganligini ta’kidlashda davom etmoqda. KXDR rasmiy pozitsiyasiga ko‘ra, o‘lim yurak xuruji oqibatida kelib chiqqan.
Izoh (0)