2018-yil Rossiya mezbonligida o‘tadigan futbol bo‘yicha Jahon chempionatida ishtirok etish uchun Yevropa termalari kurashni davom ettirmoqda.
Saralashning “E” guruhida Polsha terma jamoasi ta’qibchilaridan 6 ochkoga o‘zib ketdi. Birinchi davraning so‘nggi o‘yinini o‘zi bilan raqobat olib borayotgan Chernogoriyaga qarshi o‘tkazgan polshaliklar Levandovski hamda Pishek tomonidan urilgan gollar evaziga zafar quchdi.
Ma’lumot uchun, saralashda Portugaliya hujumchisi Krishtianu Ronaldu 9 ta gol bilan to‘purarlik qilayotgan bo‘lsa, Robert Levandovski kecha gollari sonini 8 taga yetkazib oldi.
Mazkur turda, shuningdek, Armaniston terma jamoasi ikkinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Armanlan saralashni ketma-ket uch mag‘lubiyat bilan boshlab, bir tur avval Chernogoriyani 3:2 hisobida taslim qilishga muvaffaq bo‘lgandi. Bu safar jamoa Qozog‘istonni yengdi — 2:0.
JCh—2018. Yevropa “E” guruhi. 5-tur 26-mart, yakshanba
Izoh (0)